TOSHKENT, 4-iyun – Sputnik.O‘zbekiston joriy yilda 11 million xorijiy sayyohni jalb qilmoqchi. Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijlik mehmonlar oqimini ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ana shunday rejalar haqida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
© O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati
“Masul mutasaddilar joriy yilda 11 million xorijiy sayyohni jalb etish va turizm eksportini 2,5 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlarini tilga olib, bu boradagi ishlar rejalari bilan tanishtirdi”, — deyiladi xabarda.
Turizm sohasining imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. Ta’kidlanganidek, ushbu sohaga investitsiya qilingan har bir dollar kelajakda 3-4 baravar daromad keltiradi. Har bir yangi ish o‘rni boshqa tarmoqlarda yana 2 ta ish o‘rni yaratiladi.